�� Yordam berganingiz uchun rahmat
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, HUMANS bilan hamkorlikda ishga tushirgan “HUMANS for Humans” — manzilli yordam platformasining ilk natijalari bilan o‘rtoqlashishdan mamnunmiz.
�� Ayni paytgacha O‘zbekistonning turli hududlaridan
154 ta oila yordam oldi: oziq-ovqat to‘plamlari, maishiy texnika va elektronika, kitoblar, o‘yinchoqlar va boshqa zarur buyumlar yetkazildi. Suratlardagilar — yordam olganlarning faqat bir nechta misoli. Har chorak oxirida barcha yetkazib berishlar tafsilotlari bilan to‘liq ochiq hisobot
platformada va loyiha
saytida e’lon qilinadi.
�� Har bir ehson qiluvchi — yetkazilgan yordamning suratlarini oladi. Bu orqali siz yordamingiz va amalga oshirgan ezgulik muhtojlarga yetib borganini aniq bilasiz.
Yordam berish juda oddiy: muhtojlarni tanlang — bola, keksalar yoki oila — va ularga oziq-ovqat, o‘yinchoqlar, kitoblar yoki boshqa zarur buyumlarni yuboring. HUMANS ularni yetkazadi, siz esa natijasi bo’yicha xabar olasiz.
Platforma faoliyati bo‘yicha istalgan savollar yoki takliflarni Telegram’dagi loyiha muvofiqlashtiruvchisi
@Humans_NASP ga yozishingiz mumkin.
Odamlarga yordam berish ��
�
telegram �
instagram*
�
facebook* �
xcom
�
youtube �
ihma.uz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram