avatar
Hukumat Komissiyasi
@hukumat_komissiyasi
18.05.2026 12:47
To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ochiq muloqot shaklida bugun o‘tkazilgan Oraliq majlis 2026-yil 18-iyunga rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining (XIK) IV Yalpi majlisi arafasida pozitsiyalarni ishchi tartibda muvofiqlashtirish vazifasini bajardi.

Majlisning yozib olingan translyatsiyasini tomosha qilish mumkin.

Oraliq majlis muhokamasi markazida – tartibga solish, soliq-bojxona, infratuzilma, raqamli va moliyaviy sohalarni qamrab olgan 116 ta tashabbusdan iborat masalalar majmui bo‘ldi. Takliflar Kengashning tematik ishchi guruhlari tarkibidagi investorlarning tizimli faoliyati yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan.

🇺🇿 Yakunda erishilgan kelishuvlar mas’ul vazirliklar va aniq ijro muddatlari belgilangan holda majlisning rasmiy bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Aynan shu hujjat 2026-yil 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Xorijiy investorlar kengashining IV yalpi majlisiga tayyorgarlik ko‘rishda asosiy monitoring vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
____

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi (XIK) – Hukumat va mamlakatda faoliyat yuritayotgan eng yirik xalqaro investorlar o‘rtasidagi bevosita muloqot uchun asosiy institutsional maydon hisoblanadi.

KANALGA OBUNA BO‘LING
#hukumatkomissiyasi
4 315

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram