Shu kunning o‘zida Hukumat komissiyasi Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanidagi qator investitsiya loyihalariga tashrif buyurib, ularning amalga oshirilish jarayoni, quvvatlarni kengaytirish masalalari hamda investorlar murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
Samarqand shahrida Arjun MChJ XK loyihasi o‘rganildi: qiymati 12 mln dollar bo‘lgan mehmonxona majmuasi 1 gektar hududda barpo etilmoqda. Loyiha yiliga 210 ming nafar turistga xizmat ko‘rsatish va 100 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutadi. Dolzarb masalalar qatorida uskunalarni bojxona rasmiylashtiruvi va gaz tarmog‘iga ulanish masalalari ko‘tarildi.
Shuningdek, Samarqandda Sus Environment Samarkand MChJ XKning qiymati 150 mln dollar bo‘lgan chiqindidan yashil energiya ishlab chiqarish loyihasi ko‘rib chiqildi. 15 gektar maydonda barpo etilayotgan obyekt yiliga 480 mln kVt/Soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 120 ta ish o‘rni yaratadi. Chiqindilarni vaqtincha to‘plash va qayta yuklash uchun yer ajratish masalasi muhokama qilindi.
Pastdarg‘om tumanida Samarqandkimyo MChJ XKning murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat loyihasi o‘rganildi. Qiymati 390,5 mln dollar bo‘lgan loyiha 190,4 gektar hududda amalga oshirilmoqda. Korxonaning yillik quvvati 910 ming tonna, eksport salohiyati 50 mln dollar, yaratiladigan ish o‘rinlari soni esa 900 tani tashkil etadi. Tashrif davomida loyiha ijrosiga doir tashkiliy masalalar ko‘tarildi.
____
Этим же днем ранее Правительственная комиссия посетила ряд инвестиционных проектов в Самарканде и Пастдаргомском районе, где рассмотрела ход реализации проектов, вопросы и проблемы расширения мощностей и экспортного потенциала.
В Самарканде изучен проект ООО ИП Arjun: гостиничный комплекс стоимостью $12 млн на 1 га с потенциалом обслуживания до 210 тыс. туристов в год и созданием 100 рабочих мест. В числе актуальных вопросов — таможенное оформление оборудования и подключение к газу.
Также в Самарканде рассмотрен проект ООО ИП Sus Environment Samarkand стоимостью $150 млн: объект по выработке "зелёной энергии" из отходов. Предприятие строится на 15 га, мощность до 480 млн кВт/ч в год, есть потенциал создания 120 рабочих мест. Обсуждён вопрос выделения земель для временного накопления и перегрузки отходов с последующей доставкой на полигон.
В Пастдаргомском районе изучен проект ООО ИП Samarqandkimyo стоимостью $390,5 млн по производству сложных минеральных удобрений. Проект реализуется на 190,4 га, его мощность составит 910 тыс. тонн в год, экспортный потенциал — $50 млн, число рабочих мест — 900. В ходе визита подняты организационные вопросы по реализации проекта.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram