avatar
Hilal Edu | Turk tili markazi
@hiloledu_uz
06.03.2026 12:22
📚 So‘z kuni: “üşengeç”

🔊 O‘qilishi: ushengech

Ma’nosi nima?
Üşengeç — “dangasa”, “erinchoq”,
ya’ni ishni qilish mumkin, lekin shunchaki qilishga erinish.


✨ Hayotda qanday ishlatiladi:

• Bugün çok üşengecim.
Bugun juda erinchoqman.

• Üşengeçlik yapma, hadi gel.
Erinma, kel tezroq.

• Spor yapmaya üşeniyorum.
Sport qilishga erinayapman.

• O biraz üşengeç biridir.
U biroz dangasa odam.



🔍 Mini tahlil:

üşenmek — erinmoq
-geç — xususiyat bildiruvchi qo‘shimcha

👉 so‘zma-so‘z: erinchoqlikka moyil odam



💡 Bilish muhim

Turklar bu so‘zni ko‘pincha o‘zlari haqida ishlatishadi.
Bu juda tabiiy va samimiy eshitiladi:

“Üşendim”
— “Erindim / qilishga hafsalam bo‘lmadi.”

🚀 Siz ham üşengeçlik qilmasdan tezroq turk tilini o‘rganishni boshlang.
24
8
🔥 5
❤‍🔥 3
🥰 1
🤗 1
4 67 14.1K

Обсуждение 4

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Hilal Edu | Turk tili markazi

16.4K
O'zbekistondagi eng yirik turk tili markazi. 4 oyda magistratura uchun til sertifikati olasiz.

+998-55-519-78-78

Batafsil ma'lumot: www.hilaledu.uz/uz
Kurslarga yozilish: @Turktili_kurs_bot
Admin bilan bog'lanish: @hilaledu
Открыть в Telegram