avatar
Gulsanam Mamazoitova
@gulsanamrasmiy
14.01.2026 01:31
Hurmatli Askar va Serjantlar, Ofitser va Generallar!

Muhtaram Qurolli Kuchlarimiz Faxriylari!

Aziz Vatandoshlar!

Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy qutlab, barchangizga yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman. Yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz tinchligi va osuda hayoti yo‘lida kecha-yu kunduz fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimiz har qanday tahsinga munosibdir.

Bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini ishonchli himoya qilayotgan, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan qudratli kuch sifatida shakllanib bormoqda. Bu ulug‘ zafarlar, avvalo, sizlarning sadoqatingiz, intizomingiz, mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringiz samarasi ekanini alohida ta’kidlash joiz.

Vatan himoyasi — eng oliy va muqaddas burchdir. Sizlarning matonatingiz, jasoratingiz va fidoyiligingiz yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Har biringiz yurtimiz osmoni musaffoligi, xalqimizning tinch va farovon hayoti kafolatisiz.

Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xizmat faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar, tinchlik va omonlik tilayman. Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan sharafli xizmatlaringizda doimo kuch-g‘ayrat, iroda va omad yor bo‘lsin.

Hurmat bilan,

Gulsanam Mamazoitova
Davlat Xavfsizlik Xizmati-Chegara Qo'shinlari solisti,
O‘zbekiston xalq artisti!
26
❤‍🔥 4
🔥 3
🥰 3
2 19 9.2K

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Gulsanam Mamazoitova

3.7K
🇺🇿O’zbekiston xalq artisti-Gulsanam Mamazoitova rasmiy telegram sahifasi
Premyeralar
🎼 Musiqa
🎬 Klip
📷 Rasm
Instagram*: https://instagram*.com/g.m.official/
YouTube: https://youtube.com/@GulsanamMamazoitovaUZ
Contact: +998903239999
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram