avatar
Gulsanam Mamazoitova
@gulsanamrasmiy
31.08.2025 00:13
Bugun Termiz shahrida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram dasturida san’at ahli keng ishtirok etdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hosila Rahimova, Jahongir Poziljonov va Bahrom Nazarov o‘z ijrolari bilan tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdilar.

Shuningdek, tantanaga O‘zbekiston xalq artistlari Mahmud Nomozov va Gulsanam Mamazoitovalar ham ishtirok etishdi. O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning ishtiroki alohida e’tiborga molik bo‘ldi. Xususan, Gulsanam Mamazoitova o‘zining jo‘shqin va yuksak mahorat bilan ijro etgan qo‘shiqlari orqali barchaga unutilmas onlarni taqdim etdi.

Viloyatning iqtidorli san’atkorlari ham sahnada o‘z chiqishlari bilan yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga munosib tuhfa bo‘lishdi. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
14
❤‍🔥 1
2 8.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Gulsanam Mamazoitova

3.7K
🇺🇿O’zbekiston xalq artisti-Gulsanam Mamazoitova rasmiy telegram sahifasi
Premyeralar
🎼 Musiqa
🎬 Klip
📷 Rasm
Instagram*: https://instagram*.com/g.m.official/
YouTube: https://youtube.com/@GulsanamMamazoitovaUZ
Contact: +998903239999
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram