Endi ayrim talabalardan magistratura bosqichida oʻqish uchun chet tili sertifikati talab etilmaydi
Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalardan taʼlimning keyingi bosqichida xorijiy til sertifikati so‘ralmaydi
Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.
Davlat OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan grant kvotalarining toʻlmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant (oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya) berishni nazarda tutuvchi “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi.
2026-2027-oʻquv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil belgilanadi.
Shuningdek, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.
Yangiliklardan habardor bo’lish uchun
Kuzatib boring��
Telegram Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram