2026-yilgi Turk tili yozgi maktabiga hujjatlar qabuli boshlandi! ��
Ishtirok etish shartlari:
Nomzodlar muqaddam Yunus Emre instituti tomonidan Turkiyada tashkil etilgan hech qaysi dasturda ishtirok etmagan bo‘lishlari lozim.
Shuningdek, quyidagi talablarga javob berishi shart:
18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar;
Universitetlarning Turkologiya yo‘nalishida kamida 2-kurs talabasi bo‘lganlar;
Hujjat topshirish sanasigacha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 4 ballik tizimda kamida 3,00 yoki 100 ballik tizimda kamida 75 ball bo‘lganlar.
Kerakli hujjatlar:
Akademik tavsiyanoma;
Kamida B2 darajasidagi til bilish sertifikati;
Insho (Niyat maktubi).
Nomzodlar ushbu hujjatlarni quyida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali yuborib, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Hujjat topshirish uchun elektron pochta manzili:
taskent@yee.org.tr
Oxirgi muddat:
2026-yil 15-aprel, soat 17:00 gacha.
Dastur o‘tkazilish muddati:
2026-yil 6–31-iyul.
@turkcegramm
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram