avatar
G'ulomjon Sobirov| Turk tili️
Переслано от Orif Tolib
01.04.2026 19:30
“Jigar”ning oʻzbekchasi nima, jigar?

Bugun koʻchada, ijtimoiy tarmoqlarda, umuman, kundalik hayotimizda yaqin doʻstlarni, oshna-ogʻaynilarni jigar deb chaqirish urfga kirdi. Lekin bu soʻz aslan oʻzbekcha emasligini, fors tilidan oʻzlashganini koʻpchilik xayoliga ham keltirmaydi.

Xoʻsh, qon-qardoshlik, yaqinlikni anglatuvchi, murojaat shakliga aylangan bu tushunchaning qadimiy turkiy muqobili nima boʻlgan?

�� Bu – barchamiz yaxshi biladigan bagʻir soʻzidir.

Aslida bagʻir – tana aʼzosini anglatuvchi soʻz. Lekin vaqt oʻtishi bilan bu aʼzoni atashda asli forscha boʻlgan jigar ommalashib ketdi. Oʻzbekcha bagʻir esa koʻproq koʻkrak, quchoq, panoh, qalb maʼnolarida qoʻllanadigan boʻldi. Bu soʻz iboralarimizga chuqur singib ketgan, eʼtibor bering-a:

▫️ Hech qachon jigari butun demaymiz – gʻamsiz, bearmon odamni bagʻri butun deymiz.

▫️ Jigari keng degan ibora yoʻq, saxiy va kengfeʼl odam bagʻrikeng deyiladi.

▫️ Farzand yoki jiyanlarimizni “kel, jigarimga bosay” deb emas, “kel, bir bagʻrimga bosay” deb erkalaymiz.

Buyuk tilshunos Mahmud Koshgʻariy ham irodali, birovga boʻyin egmaydigan odamlarni bedük bağır (bagʻri butun) deb atagan.

Oʻzbek tilida muloqot uchun jigar ommalashgan boʻlsa-da, qardosh xalqlar bugun ham qadimiy turkiy soʻzni ishlatishyapti:

���� Qirgʻiz qoʻshnilarimiz yaqin doʻstlarini boorim deb chaqiradi.

���� Qozoqlar xuddi shu maʼnoda baur soʻzini ishlatadi.

���� ���� Turkman, ozarbayjon va uygʻurlar esa bu soʻzni jigar va yurak maʼnolarida qoʻllaydi.

Demak, siz jigar deb ataydigan kishi aslida siz bagʻringizga oladigan, yuragingizga yaqin kishidi
r!

�� Siz-chi, yaqin doʻstlarga qanday murojaat qilasiz? Reaksiyalarda bildiring:

(Jigar erkaklarga nisbatan qoʻllangani uchun pastda shunga mos variantlar berildi)

�� – Jigar / Jigarim

⚡️ – Doʻst / Oshna

✍️ – Ogʻayni / Birodar

�� – Boshqa soʻz bilan

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
20 9.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

G'ulomjon Sobirov| Turk tili️

21.9K
Turk tili ustozi G’ulomjon Sobirovning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•instagram*.com/gulomjonustoz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram