SMMchi va jurnalistlar eng koʻp qiladigan xato: “TOP-10”mi yoki “Top 10”?
SMM bannerlaridan tortib yirik internet nashrlarigacha shu iborani qoʻllaydi va u aksariyat hollarda xato yoziladi. Keling, oʻzbek tili qoidalari va xalqaro standartlar asosida bu chalkashlikka nuqta qoʻyamiz. ��
1️⃣
Nega “TOP” emas, “Top”?
Bu soʻzni bosh harflarda (
TOP) yozish koʻp uchraydi. Lekin bu qisqartma emas, inglizcha
top (yuqori) soʻzidir. Uni BMT, OTM kabi faqat bosh harflarda yozish xato. Sarlavhada barcha soʻzlar katta harfda yozilgan holatdagina
TOP shaklida yozish oʻrinli.
2️⃣
Chiziqcha kerakmi: top-10 mi yoki top 10?
Ingliz tilida
Top 10 shaklida yoziladi. Bizda
ruscha imloga ergashib (топ-10) chiziqcha qoʻyish urf boʻlgan. Oʻzbek tilida bu oʻrinda chiziqchaga ehtiyoj yoʻq. Eng maqbul shakl – chiziqchasiz
top 10. Bu imlo qoidalariga ham mos.
3️⃣
“10 talik”mi yoki “10-talik”?
Oʻzbek tilida raqamlardan keyin keluvchi chiziqcha tartib sonni (
-inchi) bildiradi. Agar siz
10-talik deb yozsangiz, u oʻz-oʻzidan
oʻninchitalik boʻlib qoladi. Bu esa mantiqsizlikdir. Toʻgʻri shakl:
10 talik, 10 ta.
4️⃣
Oʻzbekcha muqobili bormi?
Albatta! “Top 10” oʻrniga oʻzbekchada
kuchli 10 talik yoki
yetakchi oʻntalik deb goʻzal va tushunarli ifodalash mumkin.
��
Matnda qanday qoʻllanadi (Solishtirib koʻramiz):
➖
Top 10 biznesmen roʻyxati oʻzgardi.
����
Afzalroq: Yetakchi 10 biznesmen roʻyxati oʻzgardi.
➖
Katta muvaffaqiyat qozongan top 10 ishbilarmon.
����
Afzalroq: Katta muvaffaqiyat qozongan eng kuchli 10 ishbilarmon. (yoki
10 nafar yetakchi ishbilarmon)
�� Demak:
✅ Top 10, 10 talik, kuchli 10 talik.
❌ TOP-10, Top-10, kuchli 10-talik, kuchli 10tali
k.
��
Siz asosan qaysi variantni ishlatardingiz? Reaksiyada koʻrsating:
�� – Imkoni boricha oʻzbekchasini (kuchli 10 talik) ishlataman.
⚡️ – Qoidani bilaman, “Top 10” shaklida toʻgʻri yozaman.
✍️ – Bugungacha “TOP-10” deb xato yozib yurarkanman.
✈️
Bu postni tanish SMMchi, jurnalist va dizaynerlarga yuborib qoʻying, xato qilishmasin!
@oriftolib |
Boshqa sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram