avatar
G'ulomjon Sobirov| Turk tili️
@gulomjonsobirov
27.02.2026 19:55
G'ulomjon Sobirov| Turk tili️ Фото: ❗️Toshkentda 10-sinf o’quvchisi BMW avtomobilida urib ketgan YPX xodimi vafot etdi Voqea 25-fevral kuni soat 21:46 da sodir bo’lgan. 2010-yilda tug’ilgan o’smir BMW M4 rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib, Mirobod tumani Mirobod ko‘chasida YPX inspektorini urib yuborgan. Ma’lum bo’lishicha, mashinaning egasi 2024-yildan buyon transport vositasini 18 marta uni boshqarish huquqiga ega bo’lmagan shaxsga haydash uchun bergan va 37 marta boshqa turdagi qoidabuzarliklarni sodir etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Inspektor Xosilbek Eshnazarov esa bugun, 27-fevral kuni 3 kun avvalgi YTHda olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etibdi. Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. �� @xushnudbek ��
�� O’liklar bilan hosil teramiz

Afsus, ming afsus, marhum inspektor Eshnazarovdan ikki o’g’il va bir qiz yetim qoldi.

Bu shunchaki tasodifiy voqea emas, balki uzoq yillardan buyon yo’l harakati xavfsizligi sohasida buzuq qadriyatlar ustuvor bo’lib kelayotganining natijasi. Aslida shu sohaga mas’ullar barcha aybni o’z zimmasiga olishi kerak.

Avtoterroristlar erkalatiladigan, avtomobil ulug’lanadigan diyorda hali bu kabi ayanchli voqealar yana bo’ladi.

Chunki bizda maqsad qoidabuzarlarga qarshi kurash emas, balki jarima orqali ko’proq soqqa undirish bo’lgan. Masalan, bugun ham O’zbekistondagi eng katta jarima bu ruxsatsiz tonirovka bilan yurish uchun o’rnatilgan. Lekin qizilda o’tganda jarima salkam 10 barobar arzon. Belgilangan tezlikdan 60 km/soat tezroq kelganda jarima salkam 2 baravar arzon.

Shunaqa jazo tizimini ishlab chiqqanlarning qurt yegan kallalariga qoyil!

Bu tizim byudjetga milliardlab pul tushiradi, kambag’allarni qoidalarga bo’ysunishga majburlaydi (chunki ularning puli yo’q), ammo boylar uchun naq jannat bo’ladi. Pulini to’lab, istagancha qoida buzaveradi. Maqtanib internetga qo’yaveradi. YPX inspektorlarining ustidan xohlagancha kulaveradi. Xullas, avtoterrorist boylar davlatga ham, qonunlarga ham tupurib qo’ygan.

Shunaqa muhit, shunaqa qonunchilik yaratgan ham o’zimiz. Ana endi hosilini ham o’zimiz teramiz. Faqat bu qonli hosil. Har yili minglab o’liklar bilan badal to’laymiz. Ota-onasiz qolgan yetimlar, bolasiz qolgan ota-onalarning qonli ko’z yoshlari bilan hosil terishga majburmiz.

Barakalla! Mas’ullarga rahmat! Qonun chiqaruvchi parlamentimizga tashakkur.

Butun dunyo shahar ichida tezlikni kamaytirish, piyodalarga ustunlik berish, mashinalarni cheklash haqida o’ylayotgan bir davrda biz shahar ichida ruxsat etilgan tezlikni oshirayotganimizning o’zi kimligimizni aytib turibdi. Buzuq miyalar, buzuq kallalar, buzuq qadriyatlar, bir so’z bilan aytganda — buzuq tizim.


�� @xushnudbek ��
7 7.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

G'ulomjon Sobirov| Turk tili️

21.9K
Turk tili ustozi G’ulomjon Sobirovning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•instagram*.com/gulomjonustoz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram