❗️Toshkentda 10-sinf o’quvchisi BMW avtomobilida urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
Voqea 25-fevral kuni soat 21:46 da sodir bo’lgan.
2010-yilda tug’ilgan o’smir
BMW M4 rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib, Mirobod tumani Mirobod ko‘chasida YPX inspektorini urib yuborgan.
Ma’lum bo’lishicha, mashinaning egasi 2024-yildan buyon transport vositasini
18 marta uni boshqarish huquqiga ega bo’lmagan shaxsga haydash uchun bergan va
37 marta boshqa turdagi qoidabuzarliklarni sodir etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining
266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi
qo‘zg‘atilgan.
Inspektor
Xosilbek Eshnazarov esa bugun, 27-fevral kuni 3 kun avvalgi YTHda olgan tan jarohatlari oqibatida
vafot etibdi. Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
��
@xushnudbek ��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram