☪️
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2026-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorini e'lon qildi
Unga ko‘ra:
● Ramazon oyi uchun tilla qiymatidan zakot nisobi
100 mln so‘m etib belgilandi. Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 100 mln so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining
qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga
beradi;
●
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
2 kg bug‘doydan –
10 ming so‘m;
2 kg bug’doy unidan
– 12 ming so’m;
4 kg arpadan –
20 ming so‘m;
2 kg mayizdan –
110 ming so‘m;
4 kg xurmodan –
200 ming so‘m.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotning
xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida berishi mumkin.
● Fidya miqdori
fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu besh mahsulotning
xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi mumkin.
��
@xushnudbek ��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram