avatar
GulDU Yoshlar ittifoqi
Переслано от Yorqinjon HAYITBOYEV
10.08.2026 18:35
SEN KO‘ZMUNCHOQ TAQIB YURASAN
 
Sen ko‘zmunchoq taqib yurasan,
Nigohlardan asrar meni deb.
Ko‘zlaringga to‘ymas ko‘zlarim
Og‘rib qolsa, bir kun seni deb.
Ne qilasan, aytaqol, gulim?
 
Ko‘zlaringni ko‘rmay yashasam,
Yuragimning urgani bekor,
Yuragimning turgani bekor.
Yuragimga Hazrati sevgi
Kulbasini qurgani bekor.
 
Bilasan-ku munchoq oddiy tosh,
Yerga ursang, topmaydi omon.
Ammo bir bor men ushlamagan
Qo‘llaringda turgani yomon.
Qo‘llaringda yurgani yomon.
 
Ko‘zmunchoqqa ishonmagayman,
Asrolmaydi Xudodan boshqa.
Ammo rashkdan shu munchog‘ingni
Urgim kelar ko‘ringan toshga.
Ushlamasin qo‘lingni boshqa.
 
Sen ko‘zmunchoq taqib yurasan,
Taqma, gulim, taqma, iltimos.
Ko‘zlarimdan ko‘zmunchoq yasab
Ko‘zlarimni qo‘llaringga os.

Yorqinjon HAYITBOYEV

https://www.instagram*.com/reel/Db3lgJMMs0z/?igsh=b2h1ODZ0dnJ2ZDBo

@Yorqinjon_Hayitboyev_ijodi
👏 10
😍 6
3
2
🥰 1
🎉 1
1 7 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

GulDU Yoshlar ittifoqi

7.7K
🔹 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali
🔹 Murojaat uchun:
Yoshlar yetakchisi @Yorqinjon_Hayitboyev
Открыть в Telegram