"Yil tyutori-2026" tanlovi ishtirokchilari va kuzatuvchilariga ochiq xat
Assalomu alaykum, qadrli Guliston davlat universiteti tyutorlari va aziz talabalar.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti hamisha siz azizlar uchun qiziqarli, ahamiyatli, muhim va eng asosiysi, rahbariyat va talabalar o'rtasidagi munosabatni yanada yaqinlashtiruvchi loyihalar o'tkazish uchun harakat qilib kelmoqda.
"Yil tyutori-2026" tanlovi nafaqat universitet, balki mamlakat miqyosida ham barcha OTMlar orasida birinchi marotaba tajriba sifatida universitetimizda o'tkazildi. Tanlov 2 bosqichdan iborat tarzda shaffof o'tkazilgani va minglab talabalar, hamkasblar, xodimlar o'z tyutori, o'z jamoadoshi uchun harakat qilgani bizni quvontiradi.
Tanlov jarayonlarida
@gulduyoshlarittifoqi kanali to'liq yopildi va maxfiy rejimga o'tkazildi. Bu esa tanlovning shaffof, aniq va adolatli o'tkazilishini, sun'iy ovozlar ko'paymasligini ta'minlab berdi.
Natijalarga ko'ra Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti tyutori Erkin Chirmatov 830 ta ovoz bilan birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Filologiya fakulteti tyutori Dilnoza Allayorova 811 ta ovoz bilan, Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori Sevara Najmiddinova 737 ta ovoz bilan keyingi o'rinlarni qayd etdi.
Men shaxsan o'z nomimdan, qolaversa, Guliston davlat universiteti Yoshlar Kengashi nomidan tanlovda nomzodi ilgari surilgan, 2-bosqichga tavsiya etilgan barcha tyutorlarga hamda ularni qo'llab-quvvatlagan talabalarga, jamoadoshlarga minnatdorlik bildiraman.
Barchangizga omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lsin. Sihat-salomatlik, eng yuksak natijalar hamrohingiz bo'lishini tilayman.
Hurmat bilan,
Yorqinjon HAYITBOYEV,
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti yetakchisi - yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti hamda "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sohibi, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi raisi
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
Telegram Instagram*
Facebook* YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram