avatar
GulDU.uz | Rasmiy kanal
@gulduuz
10.08.2026 07:09
🎓 Guliston davlat universiteti talabasi - TOP100 Uni International Summer Camp ishtirokchisi!

Guliston davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti, 73e-23 guruh, 4-bosqich talabasi Nishonboyev Boburjon Kamoldin o‘g‘li Osiyo bo‘ylab 4500 nafar talabgor orasidan saralab olinib, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan TOP100 Uni International Summer Campda ishtirok etmoqda.

Xalqaro ta’lim dasturi davomida Boburjon dunyoning nufuzli universitetlari - Harvard, Stanford, Yale, Columbia va Oxfordda tahsil olayotgan talabalar va mentorlar bilan muloqot qilib, TOP universitetlarga hujjat topshirish strategiyalari, kuchli motivatsion insholar yozish, grant imkoniyatlaridan foydalanish hamda raqobatbardosh portfolio yaratish bo‘yicha qimmatli tajriba va bilimlarga ega bo‘lmoqda.

Talabamizning doimo izlanib, yangi marralar sari intilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Unga nafaqat akademik faoliyatida, balki shaxsiy hayotida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
8 1.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

GulDU.uz | Rasmiy kanal

6.2K
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Открыть в Telegram