#KelajakMuhandislari
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI "KELAJAK MUHANDISLARI" TANLOVINING TOP-10 LIGIDA!
Guliston davlat universiteti Fizika kafedrasi Muqobil energiya manbalari yo‘nalishi 5-23 guruh 3-bosqich talabasi
Toshtemirov Akmaljon To‘lqinjon o‘g‘li o‘zining innovatsion loyihasi bilan nufuzli "
Kelajak muhandislari" respublika tanlovida yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.
Akmaljon tomonidan ishlab chiqilgan "
MINIGIDRA" loyihasi oqava suv quvurlari, gaz va kanalizatsiya tarmoqlaridagi bosimdan samarali foydalangan holda elektr energiyasi olishga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda tanlab olingan TOP-10 talabiga kirgani uchun hozircha Akmaljonga 20 million so‘m pul mukofoti berildi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning bosh g‘olibiga Prezident sovg‘asi — BYD avtomobili topshiriladi!
Universitetimiz Akmaljon bilan faxrlanadi! Unga tanlovning yakuniy bosqichlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Olg‘a, Akmaljon!
@gulduuz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram