Qadrli oʻquvchilar,
11-avgustda Gazeta 18 ga toʻladi 🥳
Bu vaqt mobaynida biz
“Yangiliklarimiz xalq uchun” tamoyiliga amal qilgan holda minglab yangiliklar, reportajlar, intervyu va tahliliy maqolalar chiqardik. Ayrim maqolalarimiz muhim muammolarga eʼtibor qaratishga va shahar hamda mamlakat hayotidagi oʻzgarishlarga xizmat qilganidan faxrlanamiz.
Tahririyatdagi har bir inson sizning qoʻllovingizsiz bularning hech biri imkonsiz boʻlishini yaxshi tushunadi. Shuning uchun bugun soʻz navbatini sizga bermoqchimiz.
Gazeta siz uchun nimani anglatishi haqida soʻzlab bering.
Ehtimol, biror mavzuni tushunib yetishga yordam bergan yoki sizni shunchaki befarq qoldirmagan biror maqolani eslarsiz. Balki matnlarini kutadigan va birinchilardan boʻlib oʻqib boradigan sevimli muallifingiz bordir.
💌
@GazetauzMuloqotBot botimizga yozib, Gazeta bilan bogʻliq hikoyangiz bilan oʻrtoqlashing. Bu 18 yoshimiz uchun eng qimmatli sovgʻa boʻladi.
Tabriklarning bir qismini eʼlon qilamiz.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/08/09/gazeta-18/
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram