#claude #leak #frontend
Claude Code yopiq kodlari tarmoqqa sizib chiqdi!
Kecha Anthropic kompaniyasi o'zining "Claude Code" dasturini yangilashda kichik, ammo qimmatga tushgan xatolikka yo'l qo'ydi. Natijada 510 ming qatordan ortiq maxfiy kod ommaga tarqalib ketdi (
ccleaks.com).
Dasturchilar kodni tahlil qilib bir qancha o'ta qiziq va biroz xavotirli funksiyalarni topishdi:
•
BUDDY: Terminalda sizga hamrohlik qiladigan, kinoya va hazil qila oladigan "uy hayvoni" personaji
•
KAIROS: Claude endi oldingi suhbatlarni eslab qoladi va kompyuterni o'chirganingizda u fonda ishlab kunlik ma'lumotlarni tartibga soladi. Buni tush ko'rishga qiyoslashmoqda
•
ULTRAPLAN: O'ta murakkab masalalarni mustaqil rejalashtirib, hal qiladigan yashirin rejim
•
Undercover mode: Shov-shuvlarga sabab bo'layotgan funksiya. Bu rejimda sun'iy intellekt ochiq loyihalarga kod qo'shganda o'zini xuddi odamdek tutadi va sun'iy intellekt ekanini yashirar ekan
Batafsil tanishish:
https://www.ccleaks.com
@frontend
Обсуждение 7
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram