#intervyuSavol #fro

ntend


Kecha bir intervyu bo7;ldi, unda ko'pchiligimiz eshitgan, lekin uncha aniq farqiga bormay ikkita terminni ham bir narsa deb o'ylaydigan savol bo'ldi, shuni sizlar bilan ulashmoqchiman.

Savol: "Responsive" va "adaptive" verstka tushunchalari bor, ular ora
sidagi asosiy farqni tushuntirib bering.

Javob: responsive verstka har qanday o'lchamdagi ekranlarga moslashuvchan bo'lib, ekran o'lchamlarining uzluksiz diapazonini qamrab oladi, adaptive verstka esa ma'lum ekran o'lchamlari uchun maxsus dizaynlarni taqdim etadi.

Batafsil:
1. Responsive Verstka:
— Bu turdagi verstka barcha ekran o'lchamlariga moslashadi. CSS media queries yordamida turli ekran o'lchamlari uchun moslashuvchan layoutlar yaratiladi.
— Masalan, biror elementning kengligi ekran o'lchamiga ko'ra foizda belgilanishi mumkin, shunda u har qanday ekran kengligida to'g'ri ko'rinishda bo'ladi.

2. Adaptive Verstka:
— Bu turdagi verstka ma'lum ekran o'lchamlari uchun maxsus dizaynlarni ishlatadi. Bu yerda ham media queries ishlatiladi, lekin har bir ekran o'lchami uchun alohida layoutlar tayyorlanadi.
— Masalan, 768px, 1024px va 1440px kabi aniq o'lchamlar uchun alohida dizaynlar tayyorlanishi mumkin, va bu o'lchamlarga mos keladigan qurilmalar uchun alohida ko'rinishlar yaratiladi.

@frontend | Happy Coding
? 10
? 10
31 4.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram