Barchasi uchun katta RAHMAT
2025-yildan "Bunyodkor" futbol Akademiyasi uchun yangi davr boshlandi. Avvalo tizim o’zgartirildi, aniq maqsad va vazifalar belgilandi.
Shu sababli ham bir yilning ichida Akademiya jamoalari barcha yosh toifalarida Toshkent shahar chempioni bo'lib, "Yilning eng yaxshi Akademiyasi" sovriniga sazovor bo'ldi, xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishildi, turli yosh toifalaridagi terma jamoalarga chaqiriluvchi Akademiya tarbiyalanuvchilari soni bir necha barobarga oshdi, infratuzilma tubdan o'zgardi, OFK 3 yulduzli litsenziyasi munosib himoya qilindi, Akademiyada bir vaqtda shug'ullanuvchi bolalar soni 2000 tadan oshirildi, yillik daromad 5 barobarga ko'paydi.
Bu natijalarda Akademiya direktori Shavkat Saidovning o'rni beqiyosdir. Ular boshchiligida Akademiya bir oilaga aylandi, hamjihatlik va tinimsiz mehnat tufayli mana shunday katta yutuqlarga erishildi.
Shavkat Ne'matjonovich, siz boshlab bergan yo'l — professionalizm, mehnatsevarlik Akademiyamizda doimo saqlanib qoladi. Yangi lavozimingizda ham omad va yangi yutuqlar tilaymiz!
@fcBunyodkorAcademy - yangiliklarni rasmiy sahifada kuzatib boring!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram