Technovation Girls dasturining yubiley mavsumi O‘zbekistonda rasman boshlandi
������Uch oy davomida mamlakatning turli shaharlaridan 8 yoshdan 18 yoshgachabo‘lgan qizlar Yandex Uzbekistan ko‘magida IT loyihalar, AI yechimlar va startap g‘oyalar ustida ishlaydi. Ochilishda yuzlab ishtirokchilar, mentorlar va hamkorlar qatnashdi hamda o‘tgan yillar natijalari muhokama qilindi.
Yandex Uzbekistan strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirovning ta’kidlashicha, bugungi kunda sifatli IT ta’lim — ijtimoiy lift va yangi texnologik yechimlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sabab kompaniya bu yo‘nalishga tizimli investitsiya kiritadi va Technovation Girls tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
Loyiha Tech4Impact NNT tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida, Yandex Uzbekistan ko‘magida amalga oshirilmoqda.
43.8K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram