❗️
Xorijdagi ayrim talabalar imtihonsiz o‘qishni ko‘chirishlari mumkin
Ish joyi xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan xizmatchilarning farzandlari (yoki turmush o‘rtoqlari) hamda davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar xohishlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlariga
imtihonsiz o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
578-sonli Vazirlar Mahkamasi
qaroriga ko‘ra:
“Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlarning o‘qishi oliy ta’lim tashkilotlariga imtihonlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan ko‘chiriladi.”
Safimizga qoʻshiling ��
@+yLLxp1V3gZk5NGUy
@+yLLxp1V3gZk5NGUy
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram