avatar
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar
@eduuz_DTMuzb_abituriyent_oliygoh
19.11.2025 21:10
#Xushxabar #QS #Reyting

O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi!


18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi.

Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi.

O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin
O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin
qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103292

Safimizga qoʻshiling ��
@+yLLxp1V3gZk5NGUy
@+yLLxp1V3gZk5NGUy
8 56.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

697.1K
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram*.com/edu.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram