avatar
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar
@eduuz_DTMuzb_abituriyent_oliygoh
24.09.2025 18:11
Uzum 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro informatika olimpiadasini qo‘llab-quvvatlaydi

ICTWeek 2025'da Uzum milliy ekotizimi "Raqamli ta’limda sun’iy intellekt: g‘oyadan ta’sirgacha" forumida ishtirok etdi. Uzum E-com HRD Vera Dianova o‘z taqdimotida o‘sib borayotgan bozor sharoitida yangi avlod kadrlarini tayyorlashda texnologik kompaniyalar qanday rol o‘ynashi haqida gapirdi.

Nutqning alohida bloki informatika sohasidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.

"Xalqaro informatika olimpiadasini qo‘llab-quvvatlash mamlakat kelajagi uchun sarmoyadir. Biz iqtidorli o‘quvchilarimizning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz va 2026-yilda olimpiada ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishidan mamnunmiz. Ko‘pchilik yigit-qizlar uchun bu IT sohasidagi bilim va iste’dod eng yuqori darajada tan olinishi mumkinligining isboti bo‘ladi. Biz, o‘z navbatida, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz, chunki aynan ular ertaga raqamli iqtisodiyotni rivojlantiradi va innovatsiyalarni yaratadi," — dedi Uzum E-com HRD, Vera Dianova.


Batafsi
l
2 40.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

697.1K
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram*.com/edu.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram