⚡️Darslar 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan
oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
��
akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining
1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari
2025-yil 3-sentyabrdan;
��oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun
8-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida
birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun
“Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda
“Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.
Haftalik doirasida:
talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan
tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish,
akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan
targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
Safimizga qoʻshiling ��
@+yLLxp1V3gZk5NGUy
@+yLLxp1V3gZk5NGUy
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram