avatar
Edu - Taʼlim yangiliklari
@eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat
29.01.2026 11:00
Sertifikati yo’q abituriyent ba'zi yo’nalishlarga hujjat topshira olmaydi

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan
sertifikat o’taveradi.

Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283

⚡️Barcha abituriyentlarga tarqating!

Edu - ta'lim yangiliklari��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
8 245 60.9K

Обсуждение 8

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu - Taʼlim yangiliklari

698.8K
🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot
Открыть в Telegram