avatar
Edu - Taʼlim yangiliklari
@eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat
21.01.2026 17:03
Maktabga keldim deb, darsga kirmasa,
Yonida yo kitob, daftar bo‘lmasa,
Yuragim achishib aytay bir narsa,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Tentirab yurishar go‘yo maqsadsiz,
Ko‘zida qahr bor, jahl, shafqatsiz,
Dunyoda yashayman desangiz dardsiz,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Ilmsiz bo‘lmasin, qalbi qotadi,
Qotgan qalbda esa zulm yotadi,
Qo‘yib bersak agar yurtni sotadi,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Xudodan qo‘rqishsin, dinni o‘rgating,
Do‘st bo‘lib yonida Xaqni ko‘rsating,
Bolam umidimsan sen deya ayting,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Johillik yo‘lini tutmasin deyman,
Hayoni tepkilab o‘tmasin deyman,
Hayotda g‘ofildek yotmasin deyman,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Maktabga kelishin nazorat qiling,
Ilmni asosiy maqsad deb biling,
Tilagim ustozning hamkori bo‘ling,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

O‘qisin, ulg‘aysin, kamolga yetsin,
Kelajak kuniga ziyolar bitsin,
Keksalik gashtingiz rohatda o‘tsin,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Otalar iltimos e’tiborsiz bo‘lmang.

Edu - ta'lim yangiliklari
️��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
433 70K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu - Taʼlim yangiliklari

698.8K
🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot
Открыть в Telegram