avatar
Edu - Taʼlim yangiliklari
@eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat
17.01.2026 01:01
⚡️O‘qituvchilariga barcha fanlar bo‘yicha B+ sertifikat uchun ustama berilishi rejalashtirilgan

Muhokamalar portaliga ‘‘Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat berish tizimini joriy etish to‘g‘risida’’gi Nizom loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga muvofiq malaka imtihoni natijalariga koʻra, sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi.

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab B+ va undan yuqori
darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli taʼlim tiliga mos ravishda barcha fanlar boʻyicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilar pedagogik kadrlarni kasbiy sertifikatlashdan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtgan deb hisoblanadi.

Edu - ta'lim yangiliklari
️��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
5 226 79.5K

Обсуждение 5

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu - Taʼlim yangiliklari

698.8K
🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot
Открыть в Telegram