Raqamli o‘sish yili: Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ucell yangi avlod mutaxassislarini rivojlantirmoqda
Bu yili Raqamli texnologiyalar vazirligi Ucell bilan hamkorlikda IT sohasini rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchta muhim loyihani amalga oshirdi. Kompaniya O‘zbekiston jamoasining Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi — EGOI 2025 musobaqasida ishtirokini qo‘llab, yosh iqtidorlarning xalqaro maydonga chiqishi uchun sharoit yaratdi. Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan Milliy IT-xakaton muhim bosqichlardan biri bo‘lib, u olis hududlardagi yoshlarni raqamli texnologiyalarni o‘rganishga va real IT-loyihalarda qatnashishga jalb etish imkonini ochdi. Yil yakunida esa kelajak IT-mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Coursera for Campus ta’lim dasturining eng muvaffaqiyatli ishtirokchilarini rag‘batlantirish loyihasi mantiqiy yakun bo‘ldi.
Kuni kecha mamlakat IT hamjamiyati uchun yilning asosiy voqealaridan biri — GDG Tashkent DevFest 2025 raqamli texnologiyalar festivali bo‘lib o’tdi. Unda Coursera for Campus dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekistonning raqamli ekotizimini rivojlantirishga intilayotgan dasturchilar, ekspertlar va yosh mutaxassislarni bir maydonga jamladi.
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, bunday tashabbuslar onlayn ta’lim imkoniyatlarini kengaytirib, yangi avlod IT-kadrlarini shakllantiradi. Festival sahnasida u o‘zining faolligi, izchil mehnati va raqamli yo‘nalishlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turgan ishtirokchilarga mukofotlar topshirdi.
Alohida ta’kidlash joizki, bu jarayonlarning barchasida mamlakatning eng yirik mobil operatori —
Ucell faol ishtirok etmoqda. Kompaniya ta’lim loyihalarini izchil qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston yoshlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
Siz ham sun’iy intellektni o‘rganing. Endi buni
“5 million sun'iy intellekt yetakchilari”
aileaders.uz yangi ta’lim platformasi orqali oson va qulay tarzda boshlashingiz mumkin, rivojlaning va zamonaviy texnologiyalar dunyosida o‘zingizga yangi yo‘l oching!
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram