60 000 dollarlik grant: O‘zbekistonlik talabalar Markaziy Osiyodagi eng nufuzli universitetda bepul o‘qishlari mumkin
Nazarbayev University O‘zbekistonlik abituriyentlar uchun “Abay Qunanbayev” grantlarini taklif qilmoqda. Ushbu grantlar o‘qishni to‘liq qoplaydi va bakalavriat, magistratura, doktorantura hamda “Foundation” tayyorlov dasturlariga taalluqlidir. Taklif etilayotgan yo‘nalishlar orasida IT, biznes, iqtisodiyot, tibbiyot, muhandislik, fizika, kimyo va boshqalar mavjud. Ariza topshirish uchun IELTS yoki SAT sertifikati kamida 6.0 darajadan past bo‘lmasligi kerak, chunki ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi.
Universitet Qozog‘iston poytaxti — Astanada joylashgan bo‘lib, xorijiy talabalarga qulay yotoqxona sharoitlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, grant asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun oyiga 80–500 AQSH dollari miqdorida stipendiya belgilangan.
Nazarbayev University Times Higher Education global reytingi bo‘yicha Markaziy Osiyo va Kavkazdagi eng yaxshi ilmiy-tadqiqot universiteti deb e’tirof etilgan. NU bitiruvchilarining 98 foizi yetakchi kompaniyalarda ish topadi yoki dunyoning eng yaxshi universitetlarida o‘qishni davom ettiradi.
Hujjat qabul qilish jarayoni allaqachon boshlangan. Ariza topshirish muddatlarini quyidagi sayt orqali bilib olishingiz mumkin:
https://apply.nu.edu.kz/
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram