⚡️
O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi
Prezidentning 354-sonli
qaroriga ko‘ra,
O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi.
Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda
Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.
Universitetda dastlabki bosqichda
magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Universitetga kirish uchun
tayyorlov kursi joriy etiladi.
Ta’lim jarayoni maqsadli
davlat granti va
to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli
Fransiya universitetining diplomi beriladi.
Bunda bitiruvchilarga berilgan
diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.
Edu - ta'lim yangiliklari️��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
Обсуждение 7
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram