⚡️
Yangi o‘quv yilidan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda bepul o‘qiydi, dual ta’lim kengayadi
“Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 23.10.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi
29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim (ish joyida o‘qitish) ulushi esa
9 foizdan 40 foizga yetkaziladi.
Kasbga yo‘naltirish tizim
i
2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi. 5 yoshdan
“Atrofimizdagi kasblar” o‘yinlari, 1–4-sinflarda
“Kasblar alifbosi”, 5–6-sinflarda
“Kasblar olami”, 7–9-sinflarda esa
“Mening kelajakdagi kasbim” fanlari joriy qilinadi. 2028-yildan
9-sinf yakuniy imtihonlari natijasiga ko‘ra o‘quvchilar texnikumlarga yo‘naltiriladi.
O‘qituvchi va ustalarni qo‘llab-quvvatlas
h
2026-yildan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maoshi birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar darajasiga tenglashtiriladi. Har bir ustaga
20 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmasligi belgilandi. Texnikum direktorlariga ustalar uchun ajratilgan i
sh haqi fondi doirasida EKOIHning 15 baravarigacha oylik belgilash vakolati beriladi. Har yili eng yaxshi
50 nafar usta va o‘qituvchi xorijda malaka oshiradi.
Dual ta’limdagi imtiyozla
r
Dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga har oy
bazaviy hisoblash miqdorining (BHM)
1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Ushbu davr mehnat stajiga qo‘shiladi. Dual ta’limni tashkil etgan ish beruvchilarga
7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
Milliy tanlov va reytin
g
2026-yildan boshlab Prezident sovrini uchun
“Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi. Milliy reytingda
eng yuqori 50 talikka kirgan texnikumlarning har biri
BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
Moratoriy va moliyalashtirish tartib
i
2030-yilgacha texnikumlarni tugatish,
ularning yer maydonlari va binolarini xususiylashtirishga moratoriy e’lon qilinadi. 2026-yil 1-sentyabrdan 9-sinf bitiruvchilari
texnikumlarda to‘liq davlat budjeti hisobidan o‘qiydi, 11-sinfni bitirgan talabgorlar esa
to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.
Edu - ta'lim yangiliklari️��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram