Bugun
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.
Prezidentimiz fursatdan foydalanib,
butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi
.
“Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zaru
r”,
– dedi davlat rahbari.
Lekin o‘zbek tilidagi
adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham
har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasiga
barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa
sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.
2026-yil yakuniga qadar
katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni
qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Edu - ta'lim yangiliklari️��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
Обсуждение 6
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram