O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida muhim tarixiy voqea yuz berdi
Dunyoning eng nufuzli
Top-50 universitetlari qatoridan joy olgan
Yonsei University
ilk bor o‘zining ilg‘or ilmiy dasturlarini Koreyadan tashqarida taqdim
etmoqda. Ushbu dasturlar uchun Yonsei Universiteti ishonchli hamkor sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan
Farmatsevtika Texnik Universiteti (
PTU)ni tanladi.
24-Sentyabr kuni PTU rektori Dr. Abdumalik Djumanov hamda
Yonsei Universiteti prezidenti Dr. Dong-Sup Yoon o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida tarixiy anglashuv memorandumi (MOU) imzolandi.
Yoshlarimiz Yonsei Universitetining quyidagi yo'nalishlarida tahsil olishlari mumkin bo'ladi:
*BSc Industrial Pharmacy and Chemistry
*BSc Pharmaceutical Chemistry
*BSc Biopharmaceutical Science & Biotechnology
Mazkur kelishuv mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini jahonning yetakchi universitetlari bilan yanada yaqinlashtirish, yoshlarimiz uchun global darajadagi zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Edu - ta'lim yangiliklari��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram