avatar
Edu - Taʼlim yangiliklari
@eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat
25.09.2025 21:32
Super kontrakt bekor boʻldimi?

Ayrim kanallar Hukumat qarorini tushunib-tushunmay rasmdagi xabarni tarqatyapti, ammo bu xato ma’lumot.

Toʻgrisi quyidagicha:
2017-yildagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan (hozirda 56,7 ball) kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilgandi
.

Ya’ni imtihonda 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar ham pulini to‘lab o‘qishi mumkin edi. Xalq tilida bu “super-muper” kontrakt, deb ham ataladi.

2025-yil 13-sentabrdagi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori bilan ushbu tartib bekor qilindi.

❗️Demak, endi 56,7 balldan kam toʻplab, davlat OTMlariga pul toʻlab oʻqishga kirib boʻlmaydi. Ammo minimal 56,7 balldan yuqori boʻlsa, unda super kontrakt qilib oʻqisa boʻladi.

Edu - ta'lim yangiliklari��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
27 263 70.4K

Обсуждение 27

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu - Taʼlim yangiliklari

698.8K
🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot
Открыть в Telegram