avatar
Edu - Taʼlim yangiliklari
@eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat
25.09.2025 21:30
❗️Super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmoqda

Ariza berish tartibi quyidagicha:

1️⃣ Avvalo, abituriyent kontrakt.edu.uz platformasiga kirib, onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

2️⃣ Shundan so‘ng tizimda abituriyent tanlagan 5 tagacha yo‘nalish bo‘yicha super-kontrakt narxlari ro‘yxati shakllanadi.

3️⃣ Abituriyent o‘qishni istagan yo‘nalishni tanlab, ariza yuboradi.

4️⃣ OTM masʼullari arizani ko‘rib chiqib, tasdiqlaganidan keyin shartnoma va hisob raqami shakllanadi.

5️⃣ Shartnomada ko‘rsatilgan summaning kamida 50 foizi 31-oktyabrga qadar to‘langach, abituriyent rasmiy ravishda talaba maqomiga ega bo‘ladi va o‘qishni boshlash huquqiga ega bo‘ladi (qancha ertachi to‘lasi, shuncha tezlashadi jarayon. Ayrim universitetlar istisno tarzida shartnona shakllangandan keyin darsga qo‘yib turishi ham mumkin).

Kimlar super-kontraktga ariza bera oladi?

Hozircha hech bir OTMga qabul qilinmagan va ballari qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar.
Ular uchun super-kontrakt miqdori oddiy kontraktning 1,5 barobaridan 3 barobarigacha belgilanadi.

4,05 balldan ortiq yetmaganlar-chi?

Bunday abituriyentlarning ma’lumotlari bosqichma-bosqich bazaga kiritilmoqda. Narxlar bugun chiqmasa, 1–2 kun ichida ko‘rina boshlaydi.

kontrakt.edu.uz dan ro‘yxatdan o‘tish va ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma videoda ��

Edu - ta'lim yangiliklari��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
528 61.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu - Taʼlim yangiliklari

698.8K
🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot
Открыть в Telegram