Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi!
��
2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida
56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq
talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga
qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
Bunda
56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, ammo
ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar ham bazaviy to‘lov-kontrakt asosida
vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
�� Bunday abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan
vakant (bo‘sh) o‘rinlardan fanlar majmuasi mos bo‘lgan
5 tagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin.
�� Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar
to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
��
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentabr –
3-oktabr
��
Mandat natijalari e’lon qilinishi: 2025-yil 8-oktabrga qadar
ℹ️
Izoh: Ushbu qo‘shimcha tanlov talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi.
Edu - ta'lim yangiliklari️
��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram