❗️Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi
Davlat qabul komissiyasi bayoniga
muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun
Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.
1️⃣
1-imkoniyat. 2025-yil
24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida
68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib,
davlat oligohlarining
kunduzgi taʼlim shakliga t
oʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar
500 ta maqsadli qabul (1-3-rasmlar) parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish
my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar
talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi (ya’ni o‘zi kirgan oliygoh) boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun
tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
2️⃣
2-imkoniyat. 2025-yil
29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (shu kuni ham) Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan,
muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga
toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun
200 ta maqsadli qabul (4-rasm) parametrlariga abituriyent sifatida
roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Bunda:
➖roʻyxatdan oʻtish
my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;
➖roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun
2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;
➖oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun
2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
❗️Eslatma: ro'yxatdan o'tgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to'lov
(206 ming soʻm) undiriladi.
‼️
Muhim. 2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi
1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant oʻrinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim tashkilotini tamomlagandan keyin
tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi toʻrt tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida) shartnomalar rasmiylashtiriladi.
3️⃣
3-imkoniyat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida
toʻlov-kontrakt asosida respublika
davlat oliy taʼlim tashkilotlariga
qoʻshimcha 7 ming 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga
abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy)
taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari
tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi. Ya’ni uchinchi imkoniyat uchun ariza berish shart emas, kimlar o‘qishga kirgani ballar ketma-ketligiga qarab avtomat ravishda aniqlanadi va oliygohlarga ro‘yxati yuboriladi. Oliygohlar talabalar bilan bog‘lanib, o‘zi chaqiradi.
Edu - ta'lim yangiliklari️
��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
Обсуждение 60
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram