❗️
6-yo’nalish uchun arizalar 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha qabul qilinadi
‼️O’tgan safar yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar uchun ham imkoniyat berilmoqda
Davlat qabul komissiyasi
bayoniga muvofiq,
2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.
Bu imkoniyat 2 ta toifa abituriyentlar uchun beriladi:
1️⃣ 2025-yilgi kirish imtihonlarida
56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq
talabalikka tavsiya etilmaganlar, ya’ni
o’qishdan yiqilganlar;
2️⃣ roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar, ya’ni o’tgan safar turli sabablarga ko’ra yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar.
Ushbu 2 ta toifa uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
➖davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan
vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil
25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
my.uzbmb.uz sayti orqali
onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
➖ roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy
rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga
bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
➖ ro‘yxatdan o‘tish jarayonida
fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
➖ tanlov natijalari boʻyicha
qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha
hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
❓
Qaysi yo’nalishda vakant joy borligini qayerdan bilsa bo’ladi?
Umumiy qabul parametrlarida
vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Boshqacha aytganda, abituriyent 6-yo’nalishni tanlayotgan payti fanlar majmuasiga mos bo’lgan hamda vakant joyi mavjud bo’lgan
yo’nalishlar ro’yxati avtomatik chiqadi. Qayerdandir tekshirib yurish shartmas.
Agar tanlash uchun bironta yo’nalish chiqmasa, demak, o’sha fanlar majmuasiga mos keluvchi
bironta vakant joy yo’q bo’ladi.
Edu - ta'lim yangiliklari️
��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
Обсуждение 12
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram