avatar
Edu - Taʼlim yangiliklari
@eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat
20.09.2025 22:35
Super-kontrakt qachon e’lon qilinadi?

Hozircha aniq sanani hech kim ayta olmaydi. Chunki qonunchilikda super-kontraktni e’lon qilish muddati belgilanmagan. “Bugun”, “erta”, “hafta yakuni” kabi taxminlarning barchasi rasmiy emas. Davlat qabul komissiyasi bayoni tasdiqlanmasdan turib, hech kim aniq sanani aytolmaydi. Ishonch bilan aytish mumkinki, vazirlikdagilar ham jarayonni cho‘zib o‘tirishdan manfaatdor emas, ular topshiriqni imkon qadar tez bajarishga intilishmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, hech bir yo‘nalishga kira olmagan abituriyentlarga vakant o‘rinlardan tanlash imkoniyati yaratiladi. Ko‘pchilik “6-yo‘nalish” deb atagan ushbu jarayon ham ochilishi kutilmoqda. Shu bois bu yana qo‘shimcha vaqt olishi tabiiy.

Qonunchilikda tartib qanday?

Super-kontrakt miqdori, qo‘llanishi va boshqa tartiblari alohida qonun yoki kodeksda emas, balki ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilinadi. Ammo qaysi muddatda e’lon qilinishi aniq ko‘rsatilmagan.

Abituriyent nima qilishi kerak?

➖ Rasmiy manbalarni kuzatish –Oliy ta’lim vazirligining @eduuz va Bilimni baholash agentligining @BahoIashUz rasmiy sahifalaridan ma’lumot olish.
➖ Asossiz gaplarga ishonmaslik – ijtimoiy tarmoqlardagi taxminlar emas, faqat rasmiy xabar asosli hisoblanadi.
➖ Hujjat va mablag‘ni tayyorlab qo‘yish – muddat qisqa bo‘lishi mumkin, shuning uchun oldindan tayyorgarlik muhim.

Manba: @z_amirqulov

Edu - ta'lim yangiliklari��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
36 280 55.5K

Обсуждение 36

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu - Taʼlim yangiliklari

698.8K
🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot
Открыть в Telegram