❓
Super-kontrakt chiqmagan bo‘lsa ham universitetga borib, darslarga qatnashish mumkinmi?
✅
Javob: rasman yo‘q.
Qonunchilikka ko‘ra, super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
buyruq chiqmaguncha abituriyent talaba hisoblanmaydi. Shuning uchun darslarga qatnashish huquqi ham faqat buyruq chiqqandan keyin beriladi.
Ammo ayrim oliy ta’lim muassasalari
“kutilayotgan talaba” sifatida abituriyentlarga dars jarayonlarini kuzatishga sharoit yaratib berayotgani haqida ma’lumotlar kelmoqda.
❗️
Bunda muhim nozik jihat mavjud: agar keyinchalik “kutilayotgan talaba”ga super-kontrakt uchun
ruxsat berilmasa, abituriyent va OTM o‘rtasida nizoli vaziyat paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Chunki talaba darslarda qatnashgan davrida
vaqt va moddiy xarajat qilgan bo‘ladi.
Shu sababli oliy ta’lim muassasalari “kutilayotgan talaba” bilan bunday masalalarni
oldindan aniqlashtirib, barcha shartlarni kelishib olishlari zarur.
Edu - ta'lim yangiliklari️
��
@+uvviIr74utA1MGUy
@+uvviIr74utA1MGUy
Обсуждение 45
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram