Kesilgan bir daraxtning o‘rnini 15 yilda ham to‘ldirib bo’lmaydi
Shu kunlarda butun respublika bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ko‘chat ekish tadbirlari olib borilyapti. Bu uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan muhim loyiha. Lekin ko‘chat ekish ishning eng oson qismi, asosiy masala ularni parvarishlab, voyaga yetkazishda. Qolaversa, har bir ko‘chat o‘ziga mos muhitni va parvarishni talab qiladi.
Qarshi shahridagi “Bunyodkor” mahallasida yashovchi Feruz Xusanovning murojaati O’zEP viloyat va Qarshi shahar partiya tashkilotlari faollari hamda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Qarshi shahar bo'limi xodimlari tomonidan joyiga borib o’rganildi.
Fuqaroning ta’kidlashicha, yashash uyining tashqi hududidagi zaxira yer maydoniga 200 tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko’chatlari ekib, “yashil belbog’” yaratgan. Biroq ayrim qo’ni-qo’shnilar ushbu bog’dagi daraxtlarni kesib, yo’lni kengaytirishni talab qilishayapdi.
Mutaxassislar daraxtlarni noqonuniy kesishning huquqiy oqibatlarini tushuntirishdi.
Hozirda ushbu masala yuzasidan o’rganish ishlari davom etmoqda.
Telegram|
Facebook* |
Instagram* |
Web site |
You Tube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram