#TabiatUchun
#onlayn_chellenj
📣O‘zbekiston Ekologik partiyasi ijtimoiy tarmoqlarda ekologik g‘oya va tashabbuslarni ommalashtirishga qaratilgan
#TabiatUchun onlayn-chellenjini e’lon qilindi.
☝️Mazkur tadbirdan maqsad aholi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy harakatlarni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ekologik tashabbuslarni keng ommalashtirishdan iborat.
❗️Chellenj ishtirokchilari:
🔹 Tabiatni asrashga qaratilgan biror aniq amaliy ishni bajaradi (ko‘chat ekish, chiqindi yig‘ish, suvni tejash va boshqalar);
🔹 Jarayonni foto yoki video shaklida qayd etadi;
🔹 Ijtimoiy tarmoqlarga #TabiatUchun xeshtegi bilan joylashtiradi;
🔹 Kamida 3 nafar do‘stini chellenjda ishtirok etishga chorlaydi.
Chellenj joriy yilning 30-apreliga qadar davom etadi. Yakunda eng yaxshi va katta auditoriyani qamrab olgan ekokontentlar partiyamizning esdalik va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Ona tabiatimizga befarq bo‘lmagan har bir yurtdoshimizni mazkur tashabbusda faol ishtirok etishga chaqiramiz. Zero, musaffo atrof-muhit har birimiz uchun hayotiy zaruratdir.
Telegram|
Facebook* |
Instagram* |
Web site |
You Tube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram