Oliy ta'limdan keyingi ta'lim || (PhD, DSc) bo'yicha maslahat guruhi @doktorantlarofficial_group 03.06.2026 05:21 Скопировать Пожаловаться Oliy ta'limdan keyingi ta'lim || (PhD, DSc) bo'yicha maslahat guruhi #Qonunchilik_yangiliklari Farmonga koʻra: 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktorantura va doktoranturada kadrlar tayyorlashda: doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga ajratiladi; differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oshirilgan stipendiya toʻlanadi; ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot ishida zarur boʻladigan asbob-uskuna va boshqa tovarlarning xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ doktorant tahsil olayotgan oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotga yoʻnaltiriladi; tayanch doktorantura bosqichining birinchi oʻquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va maʼlumotlar tahlili kabi fanlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi. Ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi. Bunda taqdimotga qoʻyiladigan talablar oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan mustaqil belgilanadi. Ilmiy rahbarga doktorantning ixtisosligiga mos fan tarmogʻida ilmiy tadqiqot tajribasiga ega boʻlish talabi joriy etiladi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgorni mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi. 2027-yil uchun qabuldan boshlab ilmiy rahbarlik (maslahatchilik) uchun oylik toʻlov oʻrniga tayanch doktoranturaga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchi va oʻz vaqtida himoya qilgan doktorant uchun bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlov toʻlanadi. Bunda: Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan kam boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 40 baravarigacha miqdorida; Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan yuqori boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha miqdorida toʻlanadi. Foydali botimiz havolasi @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group 2026 - yil 1 - sentabr
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram