Markaziy Kvinslend Universitetining RTP stipendiyasi Avstraliya, 2026
Ta’lim darajalari: Magistratura, PhD
RTP (Research Training Program) stipendiyalari Avstraliya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Ular talabalarga ilmiy daraja olish jarayonida yashash xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy yordam taqdim etadi.
Yo‘nalishlar:
— Biznes va huquq
— Muhandislik va texnologiyalar
— Ta’lim va san’at
— Gumanitar, tibbiy va ijtimoiy fanlar
— Tibbiy va amaliy fanlar
Afzalliklari:
— O‘qish (kontrakt) to‘lovlari qoplanadi.
— Bepul turar joy.
— Yiliga 38 000 dollar stipendiya.
— Tibbiy xarajatlar qoplanadi (to‘lanadigan kasallik varaqasi).
— Ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar.
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 31-dekabrgacha
Batafsil
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram