avatar
BuxDU •БухГУ •BukhSU
@buxdu_uz
вчера, 10:14


BUXDUDA TEXNIKUM BITIRUVCHILARI UCHUN SUHBAT JARAYONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Ayni damda Buxoro davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Suhbatlarda belgilangan tartibda hujjat topshirgan talabgorlar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim va kasbiy kompetensiyalari, sohaga oid tushunchalari hamda kelgusidagi maqsadlarini namoyon etmoqdalar. Jarayonlar tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilib, talabgorlarning bilim va salohiyatini xolis, adolatli hamda shaffof baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Suhbatlar Buxgalteriya hisobi, Yurisprudensiya, Turizm va mehmondo‘stlik, Bank ishi, Dasturiy injiniring, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Logistika, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Elektronika va asbobsozlik, Jismoniy madaniyat, Agronomiya kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davom etmoqda.

Buxoro davlat universitetida qabul jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, barcha talabgorlar uchun teng imkoniyat yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

  BuxDU.uz | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
2
14 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

BuxDU •БухГУ •BukhSU

15.7K
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Открыть в Telegram