avatar
BuxDU •БухГУ •BukhSU
Переслано от канала
10.08.2026 10:27
🌱 BuxDU negizida tashkil etilgan korxona faoliyati o‘rganildi

Buxoro davlat universiteti negizida tashkil etilgan “BUKHSU BIOCONTROL” MCHJ faoliyati o‘rganildi. Korxona tomonidan spin-off korxona maqomini olish uchun tegishli tartibda ariza berilgan.

🔬 Korxona qishloq xo‘jaligi ekinlarini foydali entomofaglar yordamida biologik himoya qilish, xususan, "Oltin ko‘z (Chrysoperla carnea)"ni ko‘paytirish va zararkunandalarga qarshi qo‘llash yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda. Mazkur usul kimyoviy vositalarga muqobil, ekologik xavfsiz va samarali yechim sifatida ahamiyatlidir.

O‘rganish davomida korxonaning ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, mahsulotlarni tijoratlashtirish hamda spin-off maqomini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🌿 Mazkur loyiha ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ekologik toza qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating
👍 4
🔥 2
👏 1
2 1.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

BuxDU •БухГУ •BukhSU

15.7K
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Открыть в Telegram