Mazkur uchrashuvda tuman rahbariyati, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, ochiq muloqot tashkil qilindi.
Uchrashuv jarayonida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va bandlik masalalari, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar tomonidan qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat siyosatining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram