avatar
BBC News O’zbek
@bbcuzbek
06.05.2026 18:43
Gulnora Karimova ishi yopildimi?
https://www.youtube.com/watch?v=jqiE9OigsAE
1-may kuni yozib olingan ushbu suhbatda Shveytsariyadagi o‘zbekistonlik mutaxassis Olima Nabizoda Gulnora Karimovaga oid sud jarayoni Shveytsariya ommaviy axborot vositalarida qanday yoritilgani haqida fikr bildiradi.

O‘tgan hafta Shveytsariya Federal jinoiy sudi sud jarayonini protsessual sabablarga ko‘ra to‘xtatdi. O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan bog‘liq moliyaviy ish so‘nggi yillarda xalqaro e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.

Shveytsariya prokuraturasi telekommunikatsiya sohasiga aloqador ehtimoliy pora va moliyaviy operatsiyalar yuzasidan bir necha yil davomida tekshiruv olib borgan edi.

Karimova va uning advokatlari unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib kelmoqda.
#BBCUzbek
1 381

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

BBC News O’zbek

4.5K
Biz bilan bog‘lanish uchun shu yerga yozing:
@bbcuzbeklondon
O'zbekiston, mintaqa va dunyo xabarlari - Internetda - bbc.com/uzbek YouTube https://www.youtube.com/@bbcnewsuzbek
Открыть в Telegram